Samarqand davlat universitetining tarix fakultetida o‘quv jarayonlari qizg‘in davom etmoqda...

img

      Fakultetda bugungi kunda tarix, arxeologiya, tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, tarix, arxeologiya, etnogenez mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura, O‘zbekiston tarixi, Arxeologiya, Jahon tarixi, Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari tayanch doktorantura (PhD) ixtisosliklari bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

      Fakultetda jami 57 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

      Tarix fakultetida Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12. 2019. Tar.02.10 raqamli Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatadi. Fakultetning 9 nafar olimi ushbu Kengash a’zosidir.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.