Rektor va tyutorlar uchrashuvi

img

      Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tyutorlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kelgusi ishlarni belgilab berish maqsadida universitetda faoliyat olib borayotgan tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

      Tadbir samimiy ruhda bo‘ldi. Rustam Xolmurodov tyutorlarni yangi lavozimlari bilan muborak etish bilan birga, uning naqadar mas’uliyatli vazifa ekanligini ham aytib o‘tdi.

      Xususan, kelgusidagi rejalar belgilab olindi:

      - tyutor talabalarning eng yaqin do‘stiga aylanishi kerakligini, har bir talaba bilan individual shug‘ullanish lozimligini, ularning yutuq va muammolari ham universitetga tegishliligini;

      - ijarada istiqomat qiladigan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganib, xonadonlarning qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘rish, agar yetarli sharoit mavjud bo‘lmasa talaba uchun yaxshi sharoitlarga ega bo‘lgan ijaraga joylashtirish;

      - “Yilning eng yaxshi tyutori” tanlovini joriy etish, tashabbuskor va fidoyi ish olib borayotgan tyutorlarni doimiy rag‘batlantirib borish;

      - har bir tyutorga xizmat planshetlari berish, ularning faoliyatini yaxlit bir tizimga  keltirish uchun mas’ullarga kerakli vazifalar belgilab berildi.

      Shuningdek, asosiy masala, talabaning bilim olishi ekanligini alohida ta’kidlanib, har bir o‘quvchi bilan individual faoliyat olib borish lozimligi aytib o‘tildi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.