Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi faol talabalar moddiy rag‘batlantirildi

img

      Samarqand davlat universitetining 5 sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi bir qator faol yoshlarga Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi sertifikatlari topshirildi.

     - Yotoqxonamizda barcha sharoitlar mavjud. Kutubxona, alohida darsxonalar, oshxonalarning hammasi yotoqxonamizda bor. Asosiysi, bu yerda ilmiy muhit shakllangan. O‘qishimiz, yashashimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berish bilan birga bizni doimiy ravishda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirayotgan universitetimiz rektoriga minnatdorlik bildiraman.

     Shuningdek, universitet yoshlar yetakchisi Allayor Norboev talabalar bilan suhbatlashib, ularning takliflari, fikrlari bilan qiziqdi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.