Samarqand davlat universiteti Start-Up loyihalarini qo'llab-quvvatlovchi inkubatsiya markazi tomonidan talabalar uchun seminar tashkil etildi

img

      Samarqand davlat universiteti Start-Up loyihalarini qo’llab quvvatlovchi inkubatsiya markazi va “O'zbekiston talabalar assotsiatsiyasi” hamkorlikda universitet talabalari uchun mahorat darsi o'tkazildi. Seminarda Start-Up loyihalar ishlash, qo'llab quvvatlash, nomdor stipendialarni qo'lga kiritish borasida davra suhbati bo'lib o'tdi.

      - Samarqand davlat universiteti Inkubatsiya markazi ochilganiga bir yil bo'ldi. Shu kunga qadar Fayzullo Nazarov boshchiligida 30 ga yaqin Start-Up loyihalarni amalga oshirdik, - deydi rezident Bunyod Eshtemirov. – Markazimizni tashkil etishdan asosiy maqsad axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiyalashdan iborat. Jamoamiz bilan birgalikda “HelpMed” loyihasi ustida ishlab, 150 million so'mlik grant yutib oldik. Ya’ni, bunda aholining kasallik tarixini avtomatlashtirish, istalgan joydan turib kasallik tarixiga ega bo'lish, bemorlardan turli xil testlarni hamda bemor va shifokor o'rtasida onlayn kurslarni tashkil etish mumkin bo’ladi. Oldimizda bir qator amalga oshirishimiz mumkin bo'lgan loyihalar turibdi. Samarqand davlat universitetida buni tatbiq etish uchun barcha imkoniyatlar yetarli.

      Shuningdek, tadbirda O’zbekiston talabalar assotsiatsiyasi prezidenti Kamilla Mardonova, tashkilotning mazkur yo'nalishda olib borishi rejalashtirilgan ishlari, vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat  AKRAMOV olgan suratlar.